Jahon | 15:21 / 18.04.2018
8230
2 daqiqa o‘qiladi

Boshqirdistonda o‘quvchi maktabga hujum qildi va sinfxonani yoqib yubordi

Foto: RIA "Novosti"

Sterlitamakda maktab o‘quvchisi sinfdoshlari va o‘qituvchisiga hujum qildi, shundan so‘ng sinfxonani yoqib yubordi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Hodisa 1-sonli maktabda yuz bergan. Sterlitamak.ru portali ma'lumotlariga ko‘ra, qizlardan biri hujum qilgan shaxsdan qutulib qolish maqsadida derazadan pastga qarab sakragan.

Ufa1.ru’ning guvohlarga asosan xabar berishicha, to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi darsga kirmagan va yo‘lakda o‘tirgan.

«O‘qituvchi o‘smirni xonaga olib kirgan, yigit o‘zini tajovuzkor tutdi va sinfdoshining qo‘liga pichoq bilan zarba berdi, shundan so‘ng o‘qituvchiga tashlandi. U vahima boshlanganidan keyin sinfxonaga benzin sepib, uni yoqib yubordi va o‘z joniga qasd qilishga urindi», - deb yozadi portal.

Umumiy hisobda to‘rt kishi jabrlandi: ikki o‘quvchi qiz, informatika o‘qituvchisi va hujum qilganning o‘zi. Voqea joyiga tez tibbiy yordam brigadasi yetib keldi.

Tergov qo‘mitasining o‘z telegram-kanalida xabar berishicha, voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilyapti.

Mavzuga oid