Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng kuchli armiyalari reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston yuqoriladi
2018 yilning eng qudratli armiyalari reytingi (Military Strength Ranking) e'lon qilindi. O‘zbekiston ushbu reytingda o‘tgan yilga nisbatan to‘qqiz pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 39-o‘ringa munosib ko‘rildi. Globalfirepower saytida taqdim etilgan jadval shundan dalolat bermoqda.
Military Strength Ranking'da AQSh, Rossiya va Xitoy mamlakatlari yetakchilik qilmoqda.
MDH mamlakatlari orasida Ukraina 29-o‘rinda, O‘zbekiston 39-o‘rinda, Belarus 41-o‘rinda, Qozog‘iston 50-o‘rinda, Ozarboyjon 53-o‘rinda, Turkmaniston 80-o‘rinda, Qirg‘iziston 91-o‘rinda, Tojikiston 96-o‘rinda qayd etilgan.
Reytingda jami 136 mamlakat nomi keltirilgan bo‘lib, 2018 yilda unga Irlandiya, Montenegro va Liberiya qo‘shilgan.
Manbada qayd etilishicha, O‘zbekistonning yillik harbiy byudjyeti 70 million dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025