Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV aholiga biometrik pasportlar bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan ta'minlash ishlari davom ettirilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi.
Nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari mumkin.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, joylardagi biometrik ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga jismoniy imkoniyati cheklanganligi sababli yetib kela olmaydigan fuqarolar uchun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
“Fuqarolar diqqatiga eslatib o‘tmoqchimizki, pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashash, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Shu sababli biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni o‘z vaqtida almashtirishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025