O‘zbekiston | 20:30 / 18.04.2018
37230
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Uchtepa tumani hokimi Shavkatbek Turdiyevich Irgashev bugun, 18 aprel kuni poytaxning boshqa bir tumani - Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

U yangi lavozimda biroz avvalroq O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi lavozimiga o‘tkazilgan Aktam Hayitov o‘rniga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Kudbiyev o‘rnini egalladi.

Ma'lumot uchun, Shavkatbek Irgashev (1964 yilda tug‘ilgan) — Toshkent avtomobil yo‘llari instituti (1981) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2000) bitiruvchisi.

U 2017 yilning aprelidan buyon Uchtepa tumani ma'muriyatini boshqarib kelayotgandi, undan avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi (2005−2013), ungacha esa Olmazor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari (2002−2005) bo‘lgan.

Mavzuga oid