Jahon | 23:29 / 19.04.2018
6048
1 daqiqa o‘qiladi

Raul Kastro Kubada shok terapiyasi bo‘lmasligini aytdi

Foto: AP

Kuba rahbariyati iqtisodiy islohotlarni davom ettiradi, biroq mamlakatda hech qanday shok terapiyasi bo‘lmaydi, deb aytdi Kuba kompartiyasi markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi Raul Kastro.

“Biz sodir etilgan xatolardan muhim saboqlar chiqardik va orttirgan tajribamiz bizga yanada qat'iyroq qadam bilan oldinga borishga imkon beradi”, deb aytgan Kastro.

“Biz individual mehnatni joriy qilishni davom ettirishdan voz kechmadik, qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan kooperativlarning tajribaviy ishi davom ettiriladi”, deb aytgan Kastro.

“Kuba iqtisodiy modelidagi o‘zgarishlar aholining eng kam himoyalangan fuqarolari ziyon ko‘rishi mumkin bo‘lgan shok terapiyasida ifodalana olmaydi”, deb aytgan Kastro.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid