Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaga qarshi fitna». Skripal ishi va Suriyadagi kimyoviy hujum o‘zaro bog‘liq ekani aytildi
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi va Suriyaning Duma shahrida go‘yoki ro‘y bergan kimyoviy hujum o‘zaro bog‘liq narsalar, sababi «Rossiyaga qarshi fitnalardir». Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Bu Rossiyaga tuhmat qilish, uning xalqaro arenadagi nufuzi va o‘rnini pasaytirishga qaratilgan urinish. Men Solsberi va Duma o‘zaro bog‘liq narsalar ekanini bekorga aytayotganim yo‘q. Birinchidan, unisi ham, bunisi ham – fitna. Ikkinchidan, unisi ham, bunisi ham Rossiya bilan bog‘lanmoqda. Bu Rossiyaga qarshi fitna, u Rossiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi keskinlikni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan», - deya aytib o‘tdi Nebenzya.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, «aftidan, bu Buyuk Britaniyaga Brexit arafasida juda dolzarbdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KQTT Skripalni zaharlashda qo‘llangan modda qaysi davlatda ishlab chiqarilganini aniqlay olmagandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025