Toshkentda “Kobalt” simyog‘ochga kelib urildi, 13 yoshli o‘smir hayotdan ko‘z yumdi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 17 aprel kuni soat 21.05larda, Sergeli tumani Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi, 1999 y.t. S.Z. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini Nukus ko‘chasi 100-uy oldida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada avtomashina haydovchisi S.Z. va uning ikki nafar yo‘lovchisi, jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda yana bir yo‘lovchi, 2005 y.t. Yo.Z. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
Mavzuga oid
07:14 / 04.09.2024
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi ustunga borib urilgan Cobalt yonib ketdi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024