Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropalik 60 siyosatchi jahon chempionatini boykot qilishga chaqirilgan xatni imzoladi
Yevropaning o‘nlab siyosatchilari yetakchi davlatlar rahbarlariga, shu jumladan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkelga murojaat qilib, Rossiyada o‘tkaziladigan JCh-2018 o‘yinlariga tashrif buyurmaslikka chaqirdilar, deb xabar beradi
The Sun.
Yevropa davlatlari hukumatlariga atalgan ochiq xatni Yevropa parlamentining 60ta a'zosi imzolagan. Ular orasida Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Irlandiya, Polsha va Shvetsiya siyosatchilari bor. Ularning fikriga ko‘ra, YeI mulozimlaridan hech kim Putinga ishonch bildirmasligi va jahon chempionatini qo‘llab-quvvatlamasligi kerak.
Avvalroq, sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi Angliyaning Solsberi shaharchasida zaharlanganidan so‘ng, Buyuk Britaniya hukumati bu jinoyatga Rossiyaning aloqador ekanini e'lon qildi. Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey JCh-2018da qirolicha oilasi va rasmiy vakillarning ishtirok etmasligini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
18:39 / 17.02.2025
Ilon Maskning DOGE rahbari lavozimidagi faoliyati sabab Tesla’ga qarshi boykot boshlandi
20:17 / 01.03.2023
Toshkentda o‘tkaziladigan jahon chempionatini boykot qilgan boks federatsiyalariga intizomiy ish ochildi
14:22 / 26.05.2022
Xalqaro brend kompaniyalarning o‘zbek paxtasini qaytadan sotib olishni boshlashi kutilmoqda
14:50 / 16.05.2022