Jahon | 23:56 / 21.04.2018
6112
2 daqiqa o‘qiladi

FXX Stavropolda IShID tarafdori tomonidan tayyorlanayotgan teraktlarning oldini oldi

Foto: TASS/ Anatoliy Medved

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «Islom davlati» terrorchilik tashkilotining Stavropolda uyushtirilishi mo‘ljallangan teraktlarini bartaraf etgan. Bu haqda TASSga FXXning jamoatchilik aloqalari markazi xabar bergan.

«RF Federal xavfsizlik xizmati tomonidan «Islom davlati» xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorining jinoyatkorona xatti-harakatlari bartaraf etildi. U tashkilotning Suriyadagi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qasam ichib, qo‘lbola portlovchi qurilmalar va o‘tochar qurollar yordamida rezonansli teraktlar uyushtirishni rejalashtirishga kirishgan», — deyiladi FXX JAM xabarida.

FXX ma'lumotlariga ko‘ra, «terrorchilik aktlari obektlari sifatida Stavropol o‘lkasi ma'muriyati va hududiy xavfsizlik organi binolari nishonga olingan».

21 aprel kuni ID tarafdorini ushlash asnosida u qurolli qarshilik ko‘rsatgan va hayot bilan nomutanosib jarohatlar olgan. «Voqea joyida 16 kalibrli qirqma miltiq, unga o‘q-dorilar, xanjar, o‘zi yo‘l ochuvchi shurup, qirqilgan armatura va mixlardan iborat portlashda talofat yetkazuvchi elementlar, shuningdek «Islom davlati» xalqaro terrorchilik tashkilotining bayrog‘i, tashkilot rahbariga qasamyod yozilgan qo‘lyozma, shuningdek, Stavropol o‘lkasi va FXXnin o‘lka bo‘yicha boshqarmasiga eltuvchi sxemalar topilgan», — deyiladi JAM xabarida.

Mavzuga oid