Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda lazer qurol o‘rnatiladigan kema foydalanishga kiritildi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining yaqinda lazer qurol o‘rnatiladigan USS Portland (LPD-27) desant kemasi foydalanishga kiritildi.
Shu munosabat bilan Portlend shahrida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, kema “San-Antonio” sinfidagi desant transport doklariga kiradi. Kema yozda Gavayida o‘tadigan RIMPAC 2018 dengiz-harbiy mashg‘ulotlarida asosiy kema rolini bajaradi. Shundan keyin kemaga Laser Weapon System lazer quroli o‘rnatiladi.
USS Portland “San-Antonio” sinfidagi 11-desant kemasi bo‘ldi. Kema 800 dan ko‘proq askarni tashish va qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. U, shuningdek, desant kemalar, amfibiya transport vositalarini ishga tushirish va tiklashi hamda vertolyot va MV-22 Osprey konvertoplanlarini tashishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025