Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 maydan ta'lim muassasalari hududidagi NMTM bilan litsenziyani uzaytirish uchun yangi ijara shartnomasini tuzish man etiladi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, Ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Qahramon Akmalov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta'lim vaziri A.Shin, xalq ta'lim vaziri U.Inoyatov, iqtisodiyot vaziri B.Xo‘jayev va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ishtirokchilar tomonidan davlat ta'lim muassasalari hududida shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini tartibga solish borasidagi masala muhokama etildi.
Maktabgacha ta'lim vazirligining davlat ta'lim muassasalarining foydalanilmay turgan bo‘sh maydonlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga ijaraga berilganligi to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Muhokamalar asnosida, 2018 yilning 1 mayidan boshlab ehtiyoji yuqori bo‘lgan davlat ta'lim muassasalari hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan litsenziya amal qilish muddatini uzaytirish uchun yangi ijara shartnomasini tuzish qat'iyan man etilishi belgilandi.
Bugunga qadar davlat ta'lim muassasalari hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari litsenziyasining amal qilish muddati doirasida ijara shartnomasi asosida o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkinligi hamda litsenziyasining amal qilish muddati tugashidan ikki oy avval davlat ta'lim muassasa rahbari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari nomiga bildirgi yuborishi lozimligi alohida belgilandi.
Shuningdek, litsenziyasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng davlat ta'lim muassasalari hududida faoliyatini davom ettirayotgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari yoki boshqa tadbirkorlik sub'yektlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlik tortilishi ham ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
15:26 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
16:38 / 10.04.2025