Jahon | 21:08 / 23.04.2018
15007
3 daqiqa o‘qiladi

20 yoshli amerikalik so‘nggi 4 yilda akula, ayiq va ilon hujumlariga yo‘liqdi...

19 aprel kuni Grand-Jankshen shahrida (Kolorado shtati, AQSh) yashovchi 20 yoshli Dilan Makuilyamsning oyog‘ini yo‘lbars-akula tishladi. Voqea Havayi orollarida ro‘y berdi, yigit u yerga dam olish va syorfingda uchish uchun borgan edi.

"Oyog‘imda qattiq og‘riqni his qilganimda men Kauai orollari janubiy qirg‘og‘ida edim. Dastlab oyog‘im atrofida ko‘p qon, keyin esa akulani ko‘rdim. Oyog‘imning yarmini yo‘qotdimmi yoki yo‘q - mutlaqo anglamagan holda unga zarba berdim va imkon qadar tezroq suzib ketishga harakat qildim".

Dilan Makuilyams

Foto: NBC12

Yigit qirg‘oqqa yetganida u tezkor tibbiy yordam xizmati xodimlari bilan bog‘landi va boshqa odamlarni suvda yirtqich borligidan ogohlantirdi. Shundan so‘ng unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, uning oyog‘iga yettita chok tushdi.

Bu voqeaga u qadar katta e'tibor berilmas edi, biroq bu so‘nggi to‘rt yilda Makuilyamsning hayotida ro‘y bergan uchinchi shunday hodisa bo‘ldi. 2017 yilning yozida u Boulder okrugidagi oromgohda ko‘nikmalarga o‘rgatuvchi murabbiy bo‘lib ishlagan. Bir kuni tunda u uxlayotgan chodir oldida 150 kilogrammli ayiq paydo bo‘ldi.

"Ayiq mening boshimdan ushlab, o‘rmon tomon sudray boshladi, men bor kuchim bilan undan xalos bo‘lishga harakat qildim. Oxir-oqibat u meni yerga tashladi. Men odamlar oldiga qaytishga muvaffaq bo‘ldim va odamlar yirtqichni qo‘rqitishdi".

Dilan Makuilyams

Foto: Flipboard

Shifokorlar qonni to‘xtatish uchun uning jarohatlarini tikishlariga (9 ta chok) to‘g‘ri keldi.

2015 yilda esa Yuta shtati bo‘ylab sayohati davomida Makuilyamsni zaharli ilon chaqib olgan. Shundan so‘ng u ikki kun shifoxonada yotgan.

"Meni zaharli ilon chaqib oldi. Zahar u qadar ko‘p bo‘lmagan, biroq og‘riqni his qilish uchun yetarli bo‘lgan".

Dilan Makuilyams

Yigitning hayoti bir necha marta xavf ostida qolgan bo‘lishiga qaramay, u yovvoyi tabiatdan qo‘rqmasligini ta'kidlaydi.

"Esimni taniganimdan beri mening bor istaklarim shu tabiat bilan bog‘liq. Men doim yirtqichlarga duch kelaman. Aftidan, nojoiz vaqtda noto‘g‘ri joylarda paydo bo‘laman chog‘i".

Dilan Makuilyams

Foto: Facebook/Dilan Makuilyams

 

Mavzuga oid