Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fakultet dekani pora bilan qo‘lga tushdi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A. pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, universitet O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A. boshqa fakultetga talaba «olib kirish»ni va'da berib, 200 AQSh dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan. Aniqlanishicha, voqea 19 aprel kuni yuz bergan. Ayni paytda H. A.ga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval, ayni shu oliy ta'lim muassasasida Rus filologiyasi fakulteti kafedra mudiri sifatida ishlagan Roza Mambetova ham pora bilan qo‘lga olinib, pedagogik ishlardan chetlashtirilgandi.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025