Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taekvon-do bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sportga, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar sportiga nihoyatda katta ahamiyat berilmokda. Shu munosabat bilan joriy yilning 21-22 aprel kunlari Toshkent shahridagi “JAR” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston Taekvon-do ITF Milliy Assotsiatsiyasi rahbarligida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Taekvon-do ITF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Assotsiatsiya rahbari L.Xasanov KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.
Kurash maydonida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar Osiyo va Jahon chempionatlariga yo‘llanma olishdi. Bu anjumanda respublikaning barcha viloyat sportchilari qatnashib, yana bir bor o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
O‘zbekiston chempionatida umumjamoa o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: 1-o‘rin Toshkent shahri, 2-o‘rin Buxoro viloyati, 3-o‘rin Samarqand viloyati, 4-o‘rin esa Sirdaryo viloyati sportchilariga berildi.
Mavzuga oid
21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi
13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi
22:32 / 06.02.2025
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi
09:12 / 03.02.2025