Iqtisodiyot | 16:06 / 23.04.2018
4551
6 daqiqa o‘qiladi

Tashqi savdo vaziri biznes doiralarni O‘zbekistonning tashqi savdo maydonlaridan faol foydalanishga chaqirdi

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi rasmiy delegatsiyasi Pokiston Islom Respublikasi (PIR)ga tashrifini yakunladi. Delegatsiya Federal qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi, Moliya va iqtisodiy munosabatlar vazirligi, Pokiston tashqi ishlar vazirligi, shuningdek Kommertsiya va to‘qimachilik sanoati vazirligida qator muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, turli sohlarda kelishuvlarga erishildi. Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.

Federal qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi rahbariyati bilan muzokaralar chog‘ida vazir S.Bosan Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik texnikasining yuqori sifatiga shaxsan ishonch hosil qilganini ta'kidladi.

"O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar texnikasi Yevropa muqobillaridan hech ham kam emas, boz ustiga ularning bahosi bizni ko‘proq jalb qiladi. Bugunga kelib Pokistonning traktorlarga bo‘lgan ehtiyojining o‘ziyoq yiliga 20 ming donani tashkil qilishini inobatga oladigan bo‘lsak, biz O‘zbekiston texnikasi yetkazib berilishidan va Pokiston hududida yig‘ish mexanizmini tashkillashtirishdan manfaatdormiz", - dedi PIR federal qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi tashabbusi bilan tomonlar tahlil va bojxona to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish uchun qo‘shma ishchi guruhini tuzishga kelishib olishdi. Bundan tashqari, Pokiston tomon tez orada Panjob viloyati hududida qishloq xo‘jalik mexanizatsiyasini tashkillashtirish uchun bor kuchini safarbar etishga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek manfaatdor mamlakatlar bilan hamkorlikda transport yo‘lakchalarini tashkil qilishga tayyorlik bildirildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar sertifikatsiya va standartizatsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi, shu jumladan ikki mamlakat sertifikatlarining o‘zaro tan olinishini ta'minlashga doir kelishuvlarga erishishdi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Kommertsiya va to‘qimachilik sanoati vazirligida qator kelishuvlar bilan bir qatorda ikki mamlakat biznes doiralari uchun viza jarayonlarini soddalashtirish va banklararo shartnomalarni ishlab chiqishga doir kelishuvlarni qayd etish mumkin.

Bundan tashqari, Islomobod shahrida tashrif doirasida O‘zbekiston-Pokiston Biznes kengashi idorasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonning savdo va sarmoyaviy salohiyati namoyish qilindi. Shuningdek O‘zbekiston va Pokiston savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirokida ikki biznes forum o‘tkazildi. Unda Pokistonning 170 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etdi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

         "Islomoboddagi O‘zbekiston-Pokiston Biznes kengashi yaqinda Tehronda ochilgan savdo uyi kabi o‘zbekistonlik ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan ko‘p sonli maydonlardan biridir. Biznes maydonlari B2B formatidan samarali foydalanish imkonini beruvchi jihoz sifatida tashkil etiladi. Shu bois men tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi yoki endigina shu sohaga kirishni rejalashtirayotgan barcha ishbilarmonlarni ushbu ko‘p profilli platformalardan faol foydalanishga chaqiraman. Ishbilarmonlar o‘z mahsulotlari namunalarini savdo uylarining shou-rumlariga bepul joylashlari mumkin. Bu mexanizm tashqi bozorlarga chiqishdan manfaatdor ishbilarmon va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llanadi. Ishbilarmonlar xorijiy biznes-platformalar bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha vazirlikning tashqi savdo kompaniyalariga murojaat qilishlari mumkin", - deydi tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Pokiston Islom Respublikasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra, mamlakatning yetakchi kompaniyalari bilan 35,5 million dollarlik investitsion loyihalarni amalga oshirishga doir shartnomalar imzolandi. Bu shartnomalar farmatsevtika, charm mahsulotlarini ishlab chiqish va turistik sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek Pokistonga dukkakli va quritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, to‘qimachilik, neft-kimyo mahsulotlarini yetkazib berishga doir 8,7 million dollarlik kelishuvlarga erishildi.

Tashqi savdo vazirligi tashqi savdo kompaniyalari bilan bog‘lanish ma'lumotlari

«O‘ztreyd» AJ                                      

Telefon: +99871 238-97-10              

Email: marketing@uzte.uz                         

«O‘zsanoateksport» AJ

Telefon: +99871 238-54-45        

 Email: info@use.uz   

Mavzuga oid