O‘zbekiston | 21:32 / 23.04.2018
19056
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga Kaspiy dengizi port infratuzilmalaridan foydalanishni taklif etdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga Kaspiy qirg‘og‘i port infrastrukturasidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishni taklif qildi. Bu haqda u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida jurnalistlarga ma'lum qildi.

«Turkmaniston ham Yevropa, ham Yaqin Sharq bozoriga chiqish bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Janubiy yo‘lak yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lak yaratilishida hamkorlik qilishga tayyor», — deya Gurbanguli Berdimuhamedovning so‘zlarini keltirgan «Gazeta.uz».

Turmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 2 may kuni Turkmanboshi shahridagi xalqaro dengiz bandargohi ochilish marosimida qatnashish uchun taklif etdi.

Shuningdek, u oldinroq erishilgan kelishuvlar, jumladan, Markaziy Osiyo – Yaqin Sharq tranzit koridorini (Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon yo‘nalishida) tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni yoqlab chiqqan.

Turkmaniston prezidenti 23 aprel kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. 24 aprel kuni Gurbanguli Berdimuhamedov Xorazm viloyatiga borishi kutilmoqda.

Mavzuga oid