Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya sudi bir sobiq prezidentga ikkinchi sobiq yetakchini ko‘rish uchun qamoqqa borishiga ruxsat bermadi
Braziliya sudi mamlakat sobiq prezidenti Dilma Russeffning avvalgi yetakchi, ayni damda qamoqxonada bo‘lgan Luis Inasiu Lula da Silvani ko‘rish uchun turmaga borish bo‘yicha murojaatiga rad javobi berdi. Korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan Lula da Silvaning yana 22 nafar tarafdori hamda siyosatchilarga ham shunday qaror chiqarildi.
"Ayni damda tashrif buyurish haqidagi murojaatlarni qanoatlantirish imkonini bermaydigan tegishli normalarga amal qilish zarurati bor", - deyiladi sudya Karolina Lebbosning qarorida. U UOL internet-portalida e'lon qilingan. Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, mahbuslarni faqat qarindoshlari yoki advokatlari borib ko‘rishi mumkin.
7 aprel kuni Lula da Silva korrupsiya ishi yuzasidan jazo muddatini o‘tay boshladi. U jinoiy jarayon yakunlari bo‘yicha qamoqqa joylashtirilgan Braziliyaning birinchi sobiq prezidenti bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025