Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gazprom” va “O‘zbekneftegaz” “Shoxpaxta” koni bo‘yicha hamkorlik muddatini 2024 yilga qadar uzaytirdi
“Gazprom” va “O‘zbekneftegaz” o‘zaro hamkorlik muddatini uzaytirdi. Bu haqda “Gazprom” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov ma’lum qildi. Bundan tashqari, “Jyel” konini mahsulotini bo‘lishib olish shartlari asosida o‘zlashtirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.
V.Markelovning aytishicha, “Shoxpaxta” koni bo‘yicha bitim muddati 2019 yilda nihoyasiga yetadi. Ammo ikki tomonning yakdil qaroriga ko‘ra bu muddat 2024 yilgacha uzaytirildi.
O‘z navbatida, “Shoxpaxta” blokida 2009 yilda ochilgan “Jyel” koni zaxiralari 6,4 milliard kub metr gaz va 76 ming tonna gaz kondensatini tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Gazprom” va “O‘zbekneftegaz” o‘rtasida o‘zaro strategik hamkorlik bo‘yicha bitim 2002 yilda imzolangan bo‘lib, Rossiya tomoni 2004 yildan buyon “Shoxpaxta” konida gaz qazib chiqarish ishlarida ishtirok etib kelyapti.
2017 yilda esa har ikki tomon birgalikda geologiya razvedka ishlari va muhandislik-innovatsiya faoliyatini olib borish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Qolaversa, “Gazprom” 2018 yildan boshlab O‘zbekistondan yiliga 4 milliard kub metr gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Mavzuga oid
22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi
11:21 / 23.04.2025
UzAuto Motors xususiylashtiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham
15:02 / 21.04.2025
Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi
20:38 / 18.04.2025