O‘zbekiston | 16:16 / 25.04.2018
40998
4 daqiqa o‘qiladi

General-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoro va Navoiy viloyatlariga bordi

 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi.

 Zokirjon Almatov ikki kunlik tashrifi davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning joylardagi quyi tuzilmalari tomonidan viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash, jinoyatlarning oldini olish borasida boshqa mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrifning ilk kunida dastlab mehmonlar Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lishib, bu muborak qadamjoda qur'on tilovat qildilar. Shundan so‘ng, Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining ushbu majmuada tashkil etilgan bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Zokirjon Almatov hamda mas'ul xodimlar tashrif davomida Kogon tumani B.Naqshband mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Vafo Choraqulovga berilgan xizmat uyida ham bo‘ldilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Shu kunning o‘zida Buxoro shahridagi muhtasham Musiqali va Drama teatrida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, viloyat faollari, yoshlar, shuningdek, mahalliy hokimliklar vakillari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, jinoyat va huqubuzarliklarning oldini olishda o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, Zokirjon Almatov uzoq yillik yuksak bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasida yaratilgan sharoitlar, shuningdek, Patrul-post xizmati bataloni hamda Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlarining kuch va imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining maslahatchisi Zokir Almatov seminarda ishtirok etish uchun Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

Seminarda huquq-tartibot idoralari va prokuratura xodimlari, shuningdek, mahalliy ma'muriyat vakillari va viloyat faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida jinoyatchilikning oldini olish, ogohlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq vazir ayni paytda joylarda fuqarolarning huquqni muhofaza qilish idoralariga bog‘liq muammolarini hal qilishda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 fevral kuni 1991-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bo‘lgan general-polkovnik Zokirjon Almatov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qaytib, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.

        

Mavzuga oid