IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida lavozim o‘zgarishlari yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV rasmiy sayti.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
Podpolkovnik Mahkam Mirjanovich Vafoyev - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;
Podpolkovnik Ramazon Axmadxo‘jayevich Ashrapov - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Shoxruh Shodiyevich Sharipov - Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati IIB va Navoiy viloyati IIB boshliqlari o‘zgargandi.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024