It yuk mashinasida do‘konni ostin-ustun qildi (video)
Xitoyning Taychjou shahrida yuk mashinasida qoldirilgan it mashinada do‘konga kirib ketib, uni ostin-ustun qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday noodatiy hodisa yuk mashina egasining e'tiborsizligi sababli yuz bergan. U mashinasini dvigatelini o‘chirmagan holda qoldirgan, buning oqibatida mashina salonida qoldirilgan it tasodifan gaz tepkisini bosib yuborgan. Shundan keyin mashina harakatlanib, do‘kon ichiga kirib ketgan.
Ta'kidlanishicha, voqea oqibatida itga va yon atrofdagi odamlarga hech qanday jarohat yetmagan.
Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

12:53 / 03.03.2025
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda fuqaro itlar hujumidan so‘ng vafot etganini rad etdi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

15:03 / 10.12.2024