AQShda ovoz rejissyori s'yomka vaqtida o‘ldirildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda COPS realiti-shousi ovoz operatorining o‘limiga sabab bo‘lgan Omaxa (AQSh)dagi otishma videosi paydo bo‘ldi.
Voqea 2014 yilda ro‘y bergan, biroq video endigina Duglas sudi (Nebraska shtati) qaroriga ko‘ra taqdim etildi, deyiladi mahalliy WOWT News telekanalida.
Sud shahar rasmiylari va politsiyachilarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni ko‘rib chiqmoqda. Ovoz rejissyori Brays Dion huquq-tartibot organlari faoliyati haqidagi hujjatli filmga doir tungi shou s'yomkalari vaqtida halok bo‘lganidan keyin rasmiylarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Videoda politsiyachilarning kafedagi o‘g‘rilikka doir chaqirig‘i aks etgan. Taxminiy jinoyat joyiga yetib kelgan ikki ofitser gumondor yashiringan binoga kirib borib, o‘q uzishgan. O‘qlardan biri Dionga tekkan, gumondor - 32 yoshli Kortes Vashington ham yaralangan. Oxir-oqibat ikkisi ham halok bo‘lgan.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, Vashingtonning qo‘lidagi qurol o‘qotar bo‘lmagan, politsiyachilar esa uni jangovor qurol deb o‘ylashgan. Mahalliy politsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ofitserlarning o‘q uzishdan boshqa chorasi bo‘lmagan. Ayblov tomon esa s'yomka guruhi xavfsizligini ta'minlashi kerak bo‘lgan rasmiylarning jazolanishini talab qilmoqda.
Mavzuga oid

23:36 / 11.03.2025
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23 / 11.03.2025