Jahon | 07:56 / 27.04.2018
13733
2 daqiqa o‘qiladi

Yamanning tan olinmagan hukumati raisi avtomobiliga zarba berilishi videosi e'lon qilindi

Al Arabia telekanali Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining Yaman oliy siyosiy kengashi rahbari va “Ansor Alloh” harakati yetakchisi Saloh as-Samadning avtomobiliga zarba berishi videosini e'lon qildi.   

Videoda uchta raketa bilan zarba berilganini ko‘rish mumkin. Birinchi raketa oldinda ketayotgan avtomobilga tekkan, shundan keyin ikkinchi mashina to‘xtab, undan odamlar chiqqan. So‘ngra ko‘chadagi odamlarga va ikkinchi mashinaga zarbalar berilgan. 

As-Samadning halok bo‘lgani 23 aprelda ma'lum bo‘ldi. “Ansor Alloh”ning diniy yetakchisi, Yamanning shimoliy qismini nazorat qiluvchi Abdulmalik al-Husiy as-Samadning o‘limiga aloqadorlarni jazolashga va'da bergan. U bu hujum uchun javobgarlikni AQSh va Saudiya Arabistoni zimmasiga yuklagan.  

As-Samad oliy siyosiy kengash raisi lavozimini 2016 yil avgustdan beri egallab kelgandi va o‘shandan beri deyarli Yamanni boshqarib kelgan. Aprel boshida u Saudiya Arabistoniga “bir yil davom etuvchi ballistik raketalar hujumlarini” va'da qilgandi.     

 

Mavzuga oid