Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inesta «Barselona»dan ketishini e'lon qildi
«Barselona» yarimhimoyachisi Andres Inesta mavsum yakuniga yetgach, kataloniyaliklar safini tark etadi. Bu haqda u maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanida e'lon qildi.
«Bu mening eng so‘nggi mavsumim. «Barselona»dan ketishga qaror qilganimni rasman e'lon qilishni istagandim. Bu haqida juda uzoq o‘yladim. «Barselona» men uchun – dunyoning eng kuchli klubi va hamma narsa bergan klub bo‘lib qolaveradi», – deya gapirib o‘tdi Inesta.
Inesta «Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U jamoa safida 2002 yilda debyut qilgan bo‘lib, klub bilan 8 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Ispaniya kubogi va 7 karra Superkubogini qo‘lga kiritgan. 4 karra Yevropa chempionlar ligasi, 3 marta Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘alaba qozongan. Jami bo‘lib u 31ta sovrinni qo‘lga kiritgandi.
Oldinroq, xabar berilganidek Inesta faoliyatini Xitoyning «Chuntsin Lifan» jamoasida davom ettiradi. Shartnoma uch yilga mo‘ljallangan bo‘lishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025