Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat kodeksidagi diniy ekstremizm iborasi o‘zgartiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligidagi diniy ekstremizm tushunchasiga o‘zgartish kiritiladi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abul Hasan ma'lum qildi.
“Jinoyat kodeksidagi diniy ekstremizm degan so‘zni olib tashlash bo‘yicha rasmiy bayonot berdik. Diniy so‘zini olib tashlashga doir harakat boshlandi. Ya'ni kodeksga biz o‘zgartish kiritamiz. Qonun loyihasi prokuraturada turibdi. Nima uchun diniy ekstremizmni olib tashlamoqchimiz? Chunki, odamlar ham, o‘zimiz ham dinni ekstremizm bilan bog‘lashdan charchadik. Nima uchun biz dinni ekstremizm bilan bog‘layveramiz? Prezident farmoniga ham e'tibor bering: diniy-ma'rifiy deyilgan. Din bilan faqat ma'rifat kelishi kerak. Din va ekstremizm so‘zlari hech qachon bitta qatorda turmasligi kerak”, - dedi Nurimon Abul Hasan.
Mavzuga oid
16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi
14:03 / 11.12.2024
Ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
20:58 / 04.11.2024