Bokudagi Trump Tower’da yong‘in yuz berdi

Foto: Wikimedia
Ozarboyjon poytaxti Bokudagi Trump Tower binosida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» guvohlarga tayangan holda.
YouTube saytida e'lon qilingan videoyozuvdan ko‘rish mumkinki, bino yuqori qavatlaridan qalin tutun osmonga qarab ko‘tarilmoqda.
Trump Tower Baku binosida 33ta yer usti qavati bo‘lib, uning balandligi 130 metrni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprelda Donald Trampga qarashli, Manhettendagi Trump Tower binosining 50-qavatidagi kvartiralardan birida yong‘in chiqqandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan, 4 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

11:40 / 08.02.2025
Kreml Bokudagi Rus uyi yopilishini tasdiqladi

12:38 / 07.02.2025
Ozarboyjon Bokudagi Rossiya uyini yopilishi haqida xabardor qildi

13:18 / 05.02.2025
Reuters: Boku AZAL laynerini urib tushirgan "Pansir" raketasini aniqladi

10:31 / 28.12.2024