Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada momaqaldiroq vaqtida yerga osmondan sirli jism quladi (video)
Britaniyaning Brijuoter shahrida yashovchi Megan Teylor momaqaldiroq vaqtida osmondan sirli jismning yerga qulaganini videoga oldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
“Men hech qachon bunday chaqmoq ko‘rmaganman va bu vaqtda yerga nimadir qulashini mutlaq aniq ko‘rmaganman”, deb aytgan Teylor va bu jism nima ekanligi haqida umuman tushunchaga ega emasligini qo‘shimcha qilgan.
Videoga qoldirilgan izohlardan birida kamera qushning yerga tushishini qayd qilgani taxmini bildirilgan, biroq boshqalar qulagan jism qush uchun ancha kattaligini aytishgan.
Nashrning ta'kidlashicha, videodagi holat 2005 yilda namoyishga chiqqan “Olamlar urushi” filmidagi o‘zga sayyoraliklarning Yerga momaqaldiroq vaqtida tushishi lavhalarini eslatib yuboradi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025