Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Eron bilan tuzilgan yadroviy bitimni “yetarlicha ta'sirli emas” deb aytdi
Germaniya Eron bilan tuzilgan yadroviy bitim Tehronning ambitsiyalarini va mintaqada ta'siri kengayishini ushlab turish uchun yetarlicha emas, deb hisoblaydi. Bunday fikrni Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda bergan matbuot anjumanda bildirdi.
“Fikrimizcha, Eron bilan yadroviy bitim birinchi qadam bo‘lgandi. Biz o‘zimiz tomondan bu qadam Erondan ishonchlilik haqida gapirishga ijozat beruvchi rolga haqiqatan erishishga yetmaydi, deb hisoblaymiz. Shu sababli bundan kattarog‘iga erishmoq kerak”, deb aytgan Merkel va G‘arbni Eronning ballistik raketalarni rivojlantirish dasturi, Tehronning Suriya va Livanga ta'siri xavotirlantirayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Biz bu ta'sir cheklanishiga erishishimiz lozim. Fikrimcha, Yevropa va AQSh bu masala bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishi zarur”, deb aytgan Merkel va butun Yaqin Sharqdagi keskinlikka barham berish yechimini topishga chaqirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025