Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlar tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borildi
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari tomonidan viloyatdagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
“Harbiy xizmatchilarimizning bu tashabbusi haqiqatan ham o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan bir qatorda harbiy xizmatchilarimizning xalq dardi bilan yashayotganligining yorqin namunasi deyishimiz mumkin.
Chunki o‘sha qabristonda shu mahalla fuqarolarining yaqinlari dafn etilgan. Yaqinlari qabrlarining obod qilinayotganligini ko‘rib, mahalla fuqarolari ham bu xayrli ishlarda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Albatta, harbiy xizmatchilarimizning bu tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda ularga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Surxondaryo viloyati kengashi vakili Sh.Allanov.
Harbiy qismlar harbiy xizmatchilari ertaga – 29 aprel kuni ham qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini davom ettiradi.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
20:32 / 11.01.2025
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat bo‘yicha yetakchiga aylandi
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024