Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda Litvinenkoning zaharlanishi haqida hikoya qiluvchi pesa qo‘yiladi
Londondagi Old Vic teatri sahnasida maxsus pesa premerasi bo‘lib o‘tadi, unga Buyuk Britaniya FXX sobiq podpolkovnigi Aleksandr Litvinenkoning zaharlanishi haqida hikoya qilinuvchi kitob asos qilib olindi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, The Guardian sobiq muxbiri Lyuk Hardingning «Juda qimmat zahar» kitobining sahnaga moslashtirilishini britaniyalik dramaturg va ssenariynavis Ldyusi Pebbl tayyorlab beradi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, pesa kitob kabi nomga ega bo‘ladi, uning premerasi haqida esa kelasi hafta rasman e'lon qilinadi.
«Lyusning kitobini o‘qish vaqtida menda shunday g‘alati tuyg‘u paydo bo‘ldiki, men bu voqea bo‘yicha teatr ishini aniq qilishim haqidagi xulosaga keldim. Sababi u bizning vaqtda ro‘y bergan hodisaga juda o‘xshash», - deya aytib o‘tdi Pebbl.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Bosh prokuraturasi Litvinenkoning o‘limida Berezovskiy manfaatdor bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025