Sport | 10:30 / 29.04.2018
34587
1 daqiqa o‘qiladi

Shohjahon Ergashev yana g‘alaba qozondi

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev AQShning Bruklin shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Jang shu kunga qadar vakant bo‘lib turgan WBA International chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tdi va unda Ergashevga xitoylik Vang Jimin ( 12 jang, 10 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat) raqiblik qildi.

O‘n raundga mo‘ljallangan jang g‘olibi ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Barcha raundlarni ustunlik bilan o‘tkazgan Ergashev raqibi ustidan g‘alabaga erishdi. Hakamlar 100:90, 99:91, 100:90 hisobidagi g‘alabani Shohjahonga taqdim etishdi. Natijada Shohjahon Ergashev faoliyatidagi ilk — WBA International chempionlik kamari sohibiga aylandi.

Ergashevning bu 12 jangi edi. Ketma-ket 11 marta raqiblarini nokautga uchratgan Shohjahon bu safar faoliyatida ilk bor jangini to‘liq o‘tkazdi va ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozondi.

Mavzuga oid