O‘zbekiston | 21:01 / 29.04.2018
62931
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Poytaxt aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov mehmonni kutib oldi. Prezident matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi. 

Ta'kidlash joizki, Erdo‘g‘an O‘zbekistonga bir necha kunlik  tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, Oliy Majlisda chiqish qiladi va ikki mamlakatning yetakchi banklari hamda kompaniyalari rahbarlarining biznes-forumida ishtirok etadi.

Turkiya prezidentining Toshkentga parvoz oldidan aytgan so‘zlariga ko‘ra, u 1 may kuni ko‘hna Buxoroga borib, Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan qadimiy shaharni ziyorat qiladi. 

"Buxoroga tashrif katta ahamiyatga ega. Turkiya O‘zbekistonda Imom Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturudiy nomidagi islom tadqiqotlari markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu masalani o‘zbek hamkasbim bilan muhokama qilganmiz va tegishli kelishuvga erishganmiz. Tashrif davomida barcha masalalar ishlab chiqiladi. Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonga katta delegatsiya yo‘l olmoqda", - dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif ikki mamlakat munosabatlariga yangicha nafas bag‘ishlaydi. 

Mavzuga oid