Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik ayollar futbol uchrashuviga tushish uchun hiyla ishlatishdi
Eronlik futbol muxlisalari Eron chempionati yakuniy turining Tehrondagi “Ozodi” maydonida o‘tgan “Persepolis” va “Sepidrud Rasht” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuviga tushish uchun hiyla ishlatishdi. Ular yuzlariga soqol yopishtirib, egnilariga erkaklar kiyimini kiyib, stadionga erkaklar ko‘rinishida kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Eronda ayollarga 1979 yildagi Islom inqilobi va Islom Respublikasi tashkil etilganidan keyin sport tadbirlariga borish taqiqlangan. Biroq dovyurak ayollar “Persepolis”ning Eron chempionatida g‘olib bo‘lganining taqdirlanishi marosimini bevosita stadionda ko‘rish uchun shunday qaltis ishga qo‘l urishgan. Tehron klubi o‘z tarixida 11-marta chempionatni yutdi.
Eronda ayollar politsiya tomonidan hibsga olinishlari mumkinligiga qaramay, futbol uchrashuviga tushish uchun taqiqlovni muntazam chetlab o‘tishga urinib keladilar. Misol uchun, mart oyida “Istiqlol” va “Persepolis” uchrashuviga tushishni istagan 35 muxlisa ushlangan. Bu uchrashuvda stadionda FIFA prezidenti Janni Infantino ham bo‘lgan. Ehtimol shu holat sabab uchrashuvdan keyin politsiya barcha ayollarni qo‘yib yuborgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025