Sport | 15:32 / 30.04.2018
14862
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA talabiga ko‘ra «Sho‘rtan» jazolandi. Bu hali hammasi emas

Foto: FIFA

Pro-Liganing «A» guruhi 4-turidan keyin 8 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan G‘uzorning “Sho‘rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi. Qaror O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.

«Sho‘rtan» hamda chernogoriyalik futbolchi Predrag Vuyovich o‘rtasidagi mojaro hali yakuniga yetmagan. FIFA Intizom qo‘mitasi G‘uzor klubiga dastlabki sanksiyalarni qo‘llash borasidagi ilk ogohlantirishni 2015 yilning 9 oktabr kuni yuborgan. Shunga qaramay, «Sho‘rtan» mazkur masala yechimini topmagan.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Sho‘rtan»ning ochkolarini 3 taga kamaytirib, endilikda uning Pro-Ligadagi ochkosi 8 emas, 5ta ekanini ma'lum qiladi. Agar klub Vuyovich bilan bog‘liq masalani belgilangan muddat ichida hal qilmasa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo‘ladi.

Mavzuga oid