Kobuldagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni uch barobarga oshdi
Kobulda ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 21 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters Afg‘oniston Sog‘liq saqlash vazirligi vakillariga asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Xabarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida AFP yangiliklar agentligi fotosuratchisi ham bor. Shuningdek, tig‘iz vaqtda ro‘y bergan ikkita portlash oqibatida 27 kishi jabrlangani aytilmoqda.
Portlashlar 30 aprel kuni yuz berdi. Ulardan biri, dastlabki ma'lumotga ko‘ra, mototsiklda bo‘lgan xudkush terrorchi tomonidan sodir etildi. TOLOnews ma'lumotiga ko‘ra, shuningdek Basod tumani bo‘yicha tergov bo‘limi boshlig‘i ham halok bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida birinchi portlashni yoritishga kelgan jurnalistlar bor.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024