O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar hamkorligi Kengashiga qo‘shiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazishdi.
«Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega bo‘lgan, xalqaro maydonda obro‘-e'tibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz — O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq», — deya O‘zbekiston prezidentining so‘zlarini keltirmoqda prezidentning rasmiy sayti.
«Anado‘lu» agentligining xabar berishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar hamkorligi Kengashiga qo‘shilishi haqida ham qaror qabul qilganini aytib o‘tgan.

«Biz bu masalani prezident Erdo‘g‘an bilan uzoq muhokama qildik. O‘zbekiston bayrog‘i mazkur tashkilotning boshqa ishtirokchi davlatlari bayroqlari qatoridan o‘z joyini egallaydi. O‘zbekiston Bishkekda o‘tadigan keyingi yig‘ilishda ishtirok etadi. Bu o‘ta muhim va buyuk qaror», — degan Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

18:57 / 02.04.2025
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi

14:14 / 31.03.2025
Turkiyada shvetsiyalik jurnalist terrorchilik ishi bo‘yicha hibsga olindi

00:37 / 31.03.2025
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi

12:47 / 30.03.2025