O‘zbekiston | 16:50 / 30.04.2018
6112
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o‘tgan brifingda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
 
Muzokaralar xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik an'analariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali bo‘ldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi, dedi davlat rahbari.  

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning yondashuvlari o‘xshash va mushtarak ekani ta'kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid