Iqtisodiyot | 15:00 / 30.04.2018
34500
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi 11 hafta ichida birinchi marta ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 1 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 0.03 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8068 so‘mu 20 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Yevro kursi esa 114.53 so‘mga tushib, 9785,11 so‘mni tashkil qilgan.

1 Rossiya rubli kursi 2,13 so‘mga arzonlashib, 129,71 so‘mni tashkil etdi.

Fevral oyi boshida 8200 so‘mga yaqinlashgan dollar kursi keyingi haftalar davomida uzluksiz arzonlab kelayotgan edi va endilikda biroz ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

 

Mavzuga oid