Jamiyat | 19:36 / 01.05.2018
9493
7 daqiqa o‘qiladi

Arxitektura qurilish kolleji talabalari orasida KNAUF kompleks tizimlarini qo‘llash asosidagi quruq qurilish bo‘yicha 5-hududiy kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi

27 aprel kuni Toshkent arxitektura qurilish kollejida talabalar orasida quruq qurilish bo‘yicha kasb mahorati 5-hududiy tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari O‘zbekistondagi KNAUF va O‘MKT Markazidir. Ushbu tanlovni o‘tkazishdan maqsad – ishchi kasblarni ommalashtirish va mutaxassislar kasbga oid tayyorlovi darajasini oshirishni qo‘llab-quvvatlashdir.

Foto: KNAUF

Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Marg‘ilon qurilish kasb-hunar kolleji jamoasi egalladi. G‘olib jamoa Ukrainada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mahorat xalqaro tanlovida ishtirok etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Buxoro viloyatining Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji va Toshkent arxitektura qurilish kasb-hunar kollejlari vakillari egallashdi.

Tanlovda  ishtirok etish uchun ikki ishtirokchi – o‘rta professional o‘quv muassasaning 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari hamda bitta hamroh shaxsdan tashkil topgan jamoalar qabul qilinadi.  Bunda g‘olib 1-o‘rinni qo‘lga kiritadi, sovrindorlar esa 2- va 3- o‘rinlarni egalashadi.  Ϝolib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Tanlov texnologiyalar va qator qo‘shimcha mezonlarga amal qilib bajariladigan ishlarni baholash bilan boradigan, nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishni ko‘zda tutuvchi yuzma-yuz musobaqa sanaladi.

Tadbir doirasida “KNAUF GIPS” MChJ Markaziy ta'lim bo‘limining Rossiya bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Parikova Ye.V. ishtirokida konferensiya o‘tkazildi.

Foto: KNAUF

“Yildan yilga KNAUF tanlovlariga qiziqish ortib bormoqda. Ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasida sezilarli o‘sish, mahoratlarini ko‘rsatishga bo‘lgan samimiy urinishlar va jamoaviy ishga hayajon bilan yondashayotganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Qurilish sohasida ommaviy urinishlar va yosh mutaxassislarni oqilona rag‘batlantirish orqali yaqin kelajakda yuqori natijalarga erishishimiz mumkin”, - deydi KNAUF Axborot va maslahat markazi rahbari Sanjar Atayev.

Tanlov qatnashchilari yuqori darajadagi nazariy va amaliy tayyorgarlik, kasbiy mahoratlari, mehnatning yuksak madaniyati, kasbiy atamalar bo‘yicha bilimi, zamonaviy qurilish teznologiyalarini amalda qo‘llay olish mahorati, shu jumladan asboblar va materiallardan foydalana olish va mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish ko‘nikmalarini ko‘rsata olishlari lozim.

2014, 2015, 2016 va 2017 yillarda Buxoro, Toshkent, Samarqand va Marg‘ilon shaharlarida, KNAUF kompaniyasi tomonidan O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi ko‘magi ostida kasb mahorati hududiy tanlovi oldin to‘rt marta tashkil etilgan. Tanlovlar ushbu mutaxassislik ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

Tadbirga tayyorgarlik va uni o‘tkazish ishlarini O‘MKT Markazi, Toshkent arxitektura qurilish kolleji va KNAUF kompaniyasi xodimlari kiradigan tashkiliy qo‘mita amalga oshirdilar.

Ma'lumot uchun:

2014 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi va “KNAUF GIPS BUXORO” MChJ XK o‘rtasida O‘zbekistonda qurilish sohasi uchun kadrlarning kasbiy ta'limi va tayyorgarligi borasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Foto: KNAUF

“Qurilish-pardozlar ishlari ustasi” yo‘nalishi ishtirokchilarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik ushbu kelishuvning muhim qismi hisoblanadi. Ko‘pincha kurs tarkibiga KNAUF komplektli tizimlari montaji texnologiyalari kiritilgan. Hozirgi paytda ushbu mutaxassislik bo‘yicha O‘zbekistonning turli hududlaridagi qurilish kollejlarida o‘qitilmoqda.

Qurilish kollejlari talabalari o‘rtasidagi kasb mahorati tanlovlari mehnatning ilg‘or usullari va metodlari, progressiv texnologiyalarni keng yoyish va olib kirishga, kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga, shaxs va uning ijodiy qobiliyatlari rivojlanishiga, tanlov ishtirokchilarining eng yaxshi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon bo‘lishiga, shuningdek ishchi kasblarning ommalashuviga yordam beradigan mehnat musobaqasining yanada amaliy ko‘rinishi hisoblanadi.

O‘zbekistonda KNAUF

Qurilish mollarining dunyodagi yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan KNAUF kompaniyasi innovatsion quruq qurilish texnologiyalarining ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi qurilish sohasini o‘qitishda yetakchi bo‘lib ulgurdi. MDH davlatlarida KNAUF o‘zining mehnat faoliyatini boshlagandayoq u zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallari bilan ishlaydigan mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish tizimiga sarmoya kiritdi. Ushbu yondashuv kompaniya g‘oyalarining bir qismi - firmaga o‘z mahsulotini ishlatishda yuqori sifat bilan ta'minlaydigan “KNAUF komplektli tizimlari”ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

2005 yil kuzida KNAUF firmasi “Buxorogips” OAJ aksiyalarining davlat paketini qo‘lga kiritish tanlovida yutib chiqdi va fond bozorida ushbu jamiyatning aksiyalarini sotib olgach nazorat paketi egasiga aylandi.  KNAUF ish boshlashi bilan korxonada yangilanish boshlandi: tashqi kredit qarzdorligi to‘landi, ishchilar oldidagi qarzdorlik ham bartaraf etildi, ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion dastur ishlab chiqildi va amalda joriy qilindi.

Foto: KNAUF

2009 yil oktabrda “Buxorogips” korxonasida gips asosida KNAUF ommabop quruq qurilish aralashmasini ishlab chiqarish boshlandi: KNAUF-Rotband, KNAUF-Fugen, KNAUF-Perlfiks va KNAUF-Satengips. 2012 yilda NR-Start va MP-75 suvoq mahsuloti ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2014 yilda assortiment yuqori sifatli Rotband-Finish shpaklyovkalari chiqarish bilan kengaytirildi.

Butun dunyoda, MDHda va O‘zbekistondagi KNAUF jamoasi haqida batafsil ma'lumotni quyidagi saytlardan olishingiz mumkin: www.knauf.uz , www.knauf.ru  , www.knauf.com .

Mavzuga oid