Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qandimdagi majmuada yiliga qancha tabiiy gaz qazib olish imkoni bor?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida u mamlakatning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
— Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri bo‘lgan korxonamiz zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, — dedi majmua direktori o‘rinbosari Isroil To‘rayev. — Ular yordamida yiliga 8 milliard kub metrdan ziyod tabiiy gaz qazib olinib, tozalangan gaz, barqarorlashtirilgan kondensat hamda oltingugurt kabi eksportbop mahsulotlar tayyorlanadi. Bizga tabiiy gaz Qandim, Quvachi-Olot, Porsonko‘l, Hoji kabi konlardan yetkazib berilyapti. Yangi uskunalarning yana bir afzalligi shundaki, ish jarayonida atmosferaga umuman gaz chiqib ketmaydi. Bu esa ishlab chiqarish chog‘ida ekologiyaga ziyon yetkazilmaydi, deganidir.
Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan majmua “BASF”, “Yakobs”, “Xonevell” kabi jahondagi eng yirik kompaniyalarning so‘nggi rusumdagi texnologiyalari bilan jihozlandi. Qurilish-montaj ishlari esa “Xenday Injiniring”, “Posko” va “Dji-Es”, “Enter Injiniring” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Buning uchun O‘zbekiston hamda xorijning yuqori malakali mutaxassislari, jami 10 ming nafarga yaqin kishilar jalb etilgani tufayli ushbu yirik inshoot ko‘zda tutilganidan sakkiz oy avval bunyod qilindi. Shu maqsadda 3 milliard AQSh dollaridan ortiq investitsiya o‘zlashtirildi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025