Sport | 17:02 / 01.05.2018
8765
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldo Ispaniyaning eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi

Foto: Getty Images

«Barselona» va «Real» klublarining sobiq hujumchisi Ronaldo yarimhimoyachi Andres Inesta o‘yinidan hayratda ekanini tan oldi.

«Inesta – tarixdagi eng zo‘r ispaniyalik futbolchidir. Bunday zo‘r xislatlarga ega ispaniyalik futbolchini ko‘rmaganman - uning ko‘nikmalari juda ko‘p. Shu tufayli ko‘plab insonlar uni yaxshi ko‘rishadi» - deb Ronaldo so‘zlarini keltirmoqda Cadena Ser.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Inesta mavsum oxirida «Barselona»ni tark etishini e'lon qildi.

Mavzuga oid