Jahon | 09:15 / 01.05.2018
99713
2 daqiqa o‘qiladi

“Rossiya ham, Xitoy ham emas” – AQShning bosh dushmani ma'lum qilindi    

Foto: REUTERS/Jason Lee

AQShning bosh dushmani Rossiya ham, Xitoy ham emas, balki uning qarzidir, deb yozmoqda National Interest nashri.

Nashrning ma'lum qilishicha, Vashington borgan sari texnik defolt tomon qarab ketmoqda. Kongressning byudjyet boshqarmasining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning foiz yuki YaIMning 1,6 foizini tashkil qiladi, bu esa federal daromadning 9,4 foiziga teng. Biroq 2022 yilda bu raqamlar mos ravishda 2,7 va 16 foizni tashkil qiladi. Maqola muallifi bu ssenariyni eng yaxshisi deb hisoblamoqda va vaziyat bundan ham mushkulroq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Nashrning yozishicha, oxirgi haftalar hisobga olinsa, Vashingtonning foiz yuki federal daromadning 20 foizini ham tashkil qilishi mumkin, bu esa amerikaliklar qarzni to‘lash uchun har beshinchi dollaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelishini anglatadi. 

Bu vaziyatni hal qilishning ikki yo‘li taklif qilinmoqda: majburiy xarajatlarni qisqartirish yoki soliq to‘lovlarini oshirish. Biroq bu ikki usul ham kongress tomonidan bloklanadi.

Nashrning ta'kidlashicha, ijtimoiy xarajatlarni saqlab qolishning yagona yo‘li defitsit va qarzni inkor etish hisoblanadi. Bunday vaziyatda eng maqbul ssenariy bo‘yicha majburiy mudofaa va ijtimoiy xarajatlar saqlanib qolgan holda defitsit 2019 yildan 2023 yilgacha 30 foizga oshadi, 2018 yildan 2028 yilgacha esa 81 foizgacha oshishi mumkin.

Nashrning yozishicha, Vashington xoynahoy AQShning 1,2 trln dollarlik bondlariga ega bo‘lgan yaponiyalik va xitoylik kreditorlar yordamida qarzni restrukturizatsiya qiladi.  

2018 yil martida AQShning davlat qarzi rekord darajaga – 21 trln dollarga yetdi. Qarz 2017 yil sentabridan 1 trln dollarga ko‘paygan. Jumladan, bu qarz Barak Obama prezidentligi vaqtida 2 barobarga ko‘paygan.

Mavzuga oid