4 may kuni «Parus» oilaviy-ko‘ngilochar markazida «O‘quv qurollarini yig‘ish» shiori ostida xayriya konserti tashkil etiladi

Foto: Parus
Kishi ko‘ngli qanchalik mehridaryo va keng bo‘lmasin barchaga birdek ko‘mak berish juda mushkul. Biroq, sekin-asta birgalikda mehrimizga, yordamimizga muxtoj kishilarga muruvvat ko‘rsatishning imkoni hamisha topiladi.
«Parus» oilaviy-ko‘ngilochar markazimizda 4-may kuni soat 16:00 da «O‘quv qurollarini yig‘ish» shiori ostida «Xlebushkin» nomidagi 22-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya konserti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda mehribonlik uyining vokal bo‘yicha qobiliyatli tarbiyalanuvchilari o‘z iste'dodlarini chiqishlarda namoyish qiladilar. Kirish barcha uchun – bepul.
Kontsertda NTV telekanalining «Ty super!» xalqaro bolalar vokal tanlovining ikkinchi mavsumida O‘zbekiston nomidan qatnashib, tomoshabinlar mehrini qozongan iqtidor egalari – Sevinch Xodiyeva va Bobur Majidovlar ishtirok etishini alohida qayd etib o‘tish lozim.
Shu kuni soat 16:00dan xayriya aksiyasi doirasida 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun o‘quv qurollari (qalamlar, bo‘yoqlar, daftarlar, rasm albomlari va hokazolar)ni to‘plash boshlanadi. Har birimiz bolakaylarga ushbu yoqimli va kerakli sovg‘alarni taqdim etish bilan, ular yuzida tabassum va ko‘zlarida quvonch paydo qila olamiz.
«Parus» oilaviy-ko‘ngilochar markazimizning 3-qavati nafaqat mitti yulduzlar va yosh iqtidor egalari bilan to‘ladi, shuningdek milliy estradamizning:
- «Sharq» guruhi;
- Sharqoniy band;
- «Ummon» guruhi;
- Mirjon Ashrapov;
- Farruh Hamrayev;
- Izzat Shukurov;
- Laziz Sharipov;
- John Singer;
- Beatboxer Baxtiyor;
- Yorqin Umarov;
- Zohida;
- Cover Up va boshqalarning ham ishtiroklari kutilmoqda.
«Xlebushkin» nomidagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash hamda chin ko‘ngildan bolajonlarga tuhfalar qilish uchun tashrif buyuring!
Kontsertdan so‘ng esa oilangiz va bolalaringiz bilan bouling yoki lazertag bo‘ylab quvnoq turnir o‘tkazishingiz, o‘yin avtomatlari va attraksionlardan foydalanishingiz, zamonaviy do‘konlarni aylanishingiz yoki fud-kortimizning mazali taomlaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Manzilimiz: Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi 60-uy. Mo‘ljal — Qatortol savdo bozori.
Ma'lumot uchun tel: +998(99) 855-00-77
- Facebook: @parusofficial
- Telegram: @parus_family
- Instagram: @parus_family
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
Mavzuga oid

16:02 / 11.05.2025
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi

19:25 / 20.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev

20:29 / 06.04.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi

22:17 / 04.10.2024