Panama va Venesuela o‘rtasidagi aviaaloqa tiklandi
Panamaning Copa Airlines aviakompaniyasi 2 oylik tanaffusdan keyin 1 maydan Venesuela bilan aviaaloqani tikladi. Aviaaloqa ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik inqiroz sababli to‘xtab qolgandi.
“Biz Panamadan Copa Airlines reysini qabul qilib oldik. Venesuelaga xush kelibsiz, biz dunyodagi eng ajoyib yo‘nalishlardan birimiz. Janubiy Amerikaga kirish eshigimiz”, deb ma'lum qilgan Karakasdagi “Mayketiya” aeroporti ma'muriyati tvitterda.
Venesuela aprel boshida Panama bilan iqtisodiy munosabatlarni 90 kunga to‘xtatgandi. Bu sanksiyalar ostiga Sora Airlines aviakompaniyasi ham tushgandi.
Panama ham Venesuela aviakompaniyalariga xuddi shunday taqiqlov kiritgan. Ikki davlat, shuningdek, o‘z elchilarini chaqirtirib olgandi.
Mavzuga oid
08:02 / 20.11.2024
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024