Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sun'iy idrok elementlariga ega HHM sinovdan o‘tkazildi – OAV
Rossiya havo-kosmik kuchlari sun'iy idrok elementlariga ega bo‘lgan havo hujumidan mudofaa vositalarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ilk bor sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda «Izvestiya» mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbaga asosan yozmoqda.
Nashrdan ta'kidlashlaricha, bunday havo hujumidan mudofaa vositalarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi S-300 va S-400 zenit raketa tizimlari, «Pantsir» zenit raketa-to‘pli majmualari va yangi radiolokatsion tizimlarni «yagona zarba mushtiga birlashtirish» imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi havo hududini avtomatik tahlil qiladi va qurolni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqadi. Bunday tizim havo hujumidan mudofaa qismlari va bo‘linmalarining javob qaytarish tezligini ancha qisqartiradi, deb yozadi gazeta ekspertlar fikriga tayangan holda.
Nashrning Mudofaa vazirligidagi manbasi qayd etishicha, ayni damda yangi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan foydalanilgan holda mashqlar o‘tkazilmoqda. Xabar berilishicha, joriy yilning bahorida tizim harbiy-havo kuchlari 14-armiyasi va havo hujumidan mudofaa zenit-raketa polklari bazasida sinovdan o‘tkazildi, ayni damda uning samaradorligi baholanmoqda. Amaldagi rejaga ko‘ra, avtomatlashtirilgan tizim Rossiya armiyasida shu yildan foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025