Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya migrantlarni himoya qilish to‘g‘risida bitim imzoladi
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 2018 yil 30 aprel – 1 may kunlari O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida "Mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" Bitim imzolandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi fuqarolari bo‘lgan mehnat-migrantlari va ularning oila a'zolari hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi fuqarolari bo‘lgan mehnat-migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi.
Ushbu Shartnomaning bajarilishiga mas'ul: O‘zbekiston Respublikasidan – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi; Turkiya Respublikasidan – Mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi va Ichki ishlar vazirligi.
Ushbu Bitimga muvofiq mehnat-migrantlarini qabul qiluvchi davlatning hududida ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq ishlashi mumkin.
Shuningdek, tomonlar o‘z mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini tartibga solishda yordam berishadi va o‘z mamlakatlarida noqonuniy mehnat migratsiyasini to‘xtatish uchun hamkorlik qilishadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025