Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston va Turkiya ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ikki mamlakatda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etishga ko‘maklashishga kelishib oldi. Bu haqda prezidentlarning qo‘shma bayonotida aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 aprel – 1 may kunlari O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘ldi.
«Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish strategik xususiyat kasb etishini qayd etdilar», - deyiladi bayonot matnida.
Davlat rahbarlari 2017 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmining sezilarli darajada oshganligini mamnuniyat bilan ta'kidladilar hamda yaqin yillarda uni 5 milliard AQSh dollariga ko‘tarishga qat'iy tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Turkiya tomoni Turkiya tadbirkorlarining O‘zbekistonga investitsiya kiritishlarini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligini yana bir bor tasdiqladi, O‘zbekiston tomoni esa Turkiya investorlari uchun investitsiya kiritishni yengillashtirish va protseduralarni soddalashtirishda zarur ko‘mak berishga tayyorligini ma'lum qildi.
Tomonlar energetika va tog‘-kon, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi va uglevodorodlar sohalarida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish hamda ma'lumot va tajriba almashish imkoniyatlarini o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqladilar.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025