Jahon | 11:02 / 03.05.2018
4911
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqqa 4 mingtaga yaqin qadimiy buyumni qaytarib berdi

Foto: Handout via REUTERS

AQShning Hobby Lobby do‘konlari tarmog‘iga noqonuniy yo‘l bilan tushgan, Iroqqa tegishli qadimiy buyumlar 2 may kuni Iroq vakillariga qaytarildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Asori-atiqalar Iroqning Vashingtondagi elchisi qarorgohida topshirilgan. 

“Biz qadimiy yodgorliklarning talon-taroj qilinishi oldini olish bo‘yicha birgalikdagi ishni davom ettiramiz va bunday jinoiy yo‘l bilan foyda ko‘rmoqchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi”, deb aytgan AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Tomas Xoman.

2017 yil iyulida Hobby Lobby tarmog‘i AQSh hukumati tomonidan Iroqqa tegishli bir necha ming qadimiy buyumning kontrabandasi uchun 3 mln dollarlik jarimaga tortilgandi. Buyumlarni bojxonadan o‘tkazish uchun ular keramik plitalar namunalari sifatida markirovka qilingan. Tergovchilar qadimiy buyumlar AQShga BAA va Isroil orqali noqonuniy olib kirilgani va Hobby Lobby’ning korporativ manzillariga yetkazilganini aniqlashgan.

Foto: REUTERS/Kevin Lamarque

Bunday yuklardan bir nechtasi belgilangan manzilgacha yetib borgan, qolganlari esa bojxona tomonidan ushlab qolingan. AQSh hududiga shunday yo‘l bilan umumiy qiymati 1,6 mln dollarlik 5,5 mingdan ko‘proq qadimiy buyum olib kirilgan. Ta'kidlanishicha, ularning barchasi musodara qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid