Jahon | 07:45 / 03.05.2018
9346
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda harbiy samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP/East News

AQShda S-130 harbiy-transport samolyotining qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jorjiya shtatining milliy gvardiya vakili Jyeff Bezore ma'lum qildi.

Samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay avtomobil yo‘liga tushgan. Politsiya vakili bu vaqtda yo‘lda mashinalar bo‘lmaganini haqiqiy mo‘'jiza deb atagan. 

Samolyot Puerto-Riko milliy gvardiyasining 156-aviatsiya bo‘limiga biriktirilgan bo‘lib, Savanna aeroportidan Arizona shtatidagi Devis-Montan harbiy-havo bazasiga yo‘nalayotgan bo‘lgan.

Dastlab 2 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. AQSh milliy gvardiyasi matbuot xizmatida samolyot bortida 5 kishi bo‘lgani ma'lum qilingan. Biroq “Assoshieyted Press” axborot agentligi Puerto-Rikoga iqtibos keltirgan holda samolyotda 9 kishi bo‘lganini ma'lum qilgan.

Aviahalokatning sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Ma'lum qilinishicha, samolyot 60 yildan ko‘proq xizmat qilgan va o‘zining so‘nggi mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. 

S-130 Hercules samolyoti nafaqat AQSh, balki boshqa ko‘plab davlatlar harbiy-havo kuchlarining asosiy taktik transport samolyoti hisoblanadi. Uning yuk ko‘tarishi 20 tonnani tashkil qiladi, modifikatsiyasidan kelib chiqib unda pulemyot-zambarak quroli o‘rnatilishi mumkin. Samolyot yuk tashishlar, qo‘shinlar va harbiy texnikani desant qilib tushirish uchun mo‘ljallangan. O‘z ichiga 90 dan ko‘proq askar yoki 60 ga yaqin parashyutchini sig‘dira oladi.

Mavzuga oid