Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti: "Chavandozlik menga siyosatda ham yordam beradi" (video)
30 aprel kuni Axaltekin milliy bayramini nishonlash munosabati bilan ippodromga tashrif buyurgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov "Rossiya-24" telekanaliga intervyu berdi.
Suhbat davomida Berdimuhammedov barcha turkmanlar - tug‘ma chavandoz ekanini aytdi. U shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Rossiya bilan do‘stona munosabatlar muhimligini ta'kidlab, mamlakatning MDHdagi faol pozitsiyasini qayd etdi.
"Chavandozlik menga siyosiy hayotda ham yordam beradi. Men doim o‘zimni chavandozdek his qilaman, oldinda ot choptirib, ortimdan xalqimni ergashtiraman. Nafaqat men, balki barcha davlat rahbarlari shunday. Vladimir Vladimirovich otda yurmaydi deb o‘ylaysizmi? U ham chavandoz. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda bu muhim", - deya ta'kidladi Turkmaniston prezidenti.
Gurbanguli Berdimuhammedov intervyu davomida Turmanistonda uch tilga asosiy e'tibor qaratilishini ta'kidladi, bular - turkman tili, rus tili va ingliz tili.
Prezident unga shon-sharaflar aytayotgan talabalarni ko‘rsatib, shunday dedi: "Bu ko‘rib turganingiz milliy o‘ziga xoslik, ehtimol, biz ularni majburlab olib chiqamiz deb o‘ylasangiz kerak? Ularning o‘zi shuni istaydi! Ular oliy ta'lim muassasasini tugallab, hayotda o‘z o‘rinlarini topishadi va uyog‘i ularning ishi".
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025